"Mini yubka" kiygan qizlarni xush ko'radigan xonanda Ulug'bek Rahmatullaev ijodidagi eng so'nggi yangiliklarni sizlarga yetkazishda davom etamiz. Gap shundaki, Ulug'bek aynan "Mini yubka" taronasining davomi sifatida "Mini yubka-2" taronasini yaratib, unga maxsus klip suratga tushirtirdi... Eng qizig'i ushbu tarona duet tarzida kuylangan!
Ajoyib klipni ajoyib klip ustasi Yodgor Nosirov suratga tushirdi. Klip lavhalari poytaxtimizning ko'chalaridan birida suratga olindi. Klipning asosiy qahramoni yosh xonanda Iroda Iralieva! Ya'ni, tarona Iroda Iralieva bilan birgalikda kuylangan. Hozir esa, klipni suratga olinish jarayonidan lavhalarni tomosha qiling! Darvoqe, mazkur taronaning prem'erasi shanba kuni "Navro'z" radiosida bo'lib o'tadi. Klip prem'erasi ham aynan shu kun 20 sentyabr kuni "TVM" telekanalida bo'lib o'tadi. Sevimli portalingizda esa yaqin kunlarda klip prem'erasi!