Главная WeLCoME MoMuQvOy Регистрация

Вход

Приветствую Вас Гость | RSSСуббота, 18.05.2024, 20:28
Меню сайта

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 76

Главная » 2008 » Сентябрь » 19
Farruh Komilov"Borsan" deb nola qilgan Farruh Komilov, boshqa tillarda qo'shiq yaratib, o'z muxlislarini hursand qildi. Uning yangi taronasi italyan tilida jarang sochgandi. Shuningdek, hozirda milliy yo'nalishga bo'lgan qiziqishi ortib bormoqda. Buni biz u yaratayotgan taronalaridan ham ko'rishimiz mumkin...

Shu haftada uning ijodidagi 2 ta taronasi uchun ishlangan maxsus kliplarni TV kanallari orqali tomosha qilishingiz mumkin. Farruh italyan va o'zbek tilidagi qo'shiqlariga ishlangan kliplarini muxlislarga birdek yoqishiga ishonmoqda.

 

Просмотров: 1104 | Добавил: momuqvoy | Дата: 19.09.2008 | Комментарии (0)

Sardor Rahimxon20 sentyabr soat 17:00da "Zamin FM" radiosida Sardor Rahimxonning yangi "Faryod" deb nomlangan qo'shig'ining taqdimoti bo'lib o'tadi. Bu tarona ko'pchilikning og'zida shov-shuv bo'lib kelayotgan "Shabnam" filmiga saudtrekdir...

"Faryod" taronasi uchun Sardorning o'zi musiqa yozdi. So'zlari esa, Ra'no Yarasheva tegishli. Jasur Badalboev esa, musiqiy sayqal berdi.
Qolaversa, xuddi shu kuni sevimli san'atkoringizga bir soat davomida to'g'ridan-to'g'ri efirda savol yo'llab javob olishingiz mumkin.

 

Просмотров: 1297 | Добавил: momuqvoy | Дата: 19.09.2008 | Комментарии (0)


Ulug'bek Rahmatullaev - Mini yubka - 2"Mini yubka" kiygan qizlarni xush ko'radigan xonanda Ulug'bek Rahmatullaev ijodidagi eng so'nggi yangiliklarni sizlarga yetkazishda davom etamiz. Gap shundaki, Ulug'bek aynan "Mini yubka" taronasining davomi sifatida "Mini yubka-2" taronasini yaratib, unga maxsus klip suratga tushirtirdi... Eng qizig'i ushbu tarona duet tarzida kuylangan!

Ajoyib klipni ajoyib klip ustasi Yodgor Nosirov suratga tushirdi. Klip lavhalari poytaxtimizning ko'chalaridan birida suratga olindi. Klipning asosiy qahramoni yosh xonanda Iroda Iralieva! Ya'ni, tarona Iroda Iralieva bilan birgalikda kuylangan. Hozir esa, klipni suratga olinish jarayonidan lavhalarni tomosha qiling! Darvoqe, mazkur taronaning prem'erasi shanba kuni "Navro'z" radiosida bo'lib o'tadi. Klip prem'erasi ham aynan shu kun 20 sentyabr kuni "TVM" telekanalida bo'lib o'tadi. Sevimli portal ... Читать дальше »

Просмотров: 1396 | Добавил: momuqvoy | Дата: 19.09.2008 | Комментарии (0)

Jo'rabekQizlarning yoqimtoy xonandalaridan biri hisoblangan Jo'rabek, o'zining hit darajasiga yetgan qo'shiqlari bilan ko'plab muxlislariga ega, - desak aslo adashmagan bo'lamiz. Shuningdek Jo'rabek o'zining ustida tinmay ishlamoqda...

Shu kunlarda barcha FM to'lqinlari orqali uning ruscha ohangdagi "Ya rastseluyu" taronasi yangramoqda. Endilikda ushbu qo'shiq uchun maxsus klip suratga olishni rejalashtirgan. Klip rejissori kim bo'lishi esa, Jo'rabek tomonidan sir tutilmoqda.
Просмотров: 1091 | Добавил: momuqvoy | Дата: 19.09.2008 | Комментарии (0)

"Se*tanho" guruhi"Se*tanho" guruhi qizlari Feruza hamda Kamila, yosh repperlardan biri Botir bilan birgalikda "Yoshlik" deb nomlangan duet ijro etishgan edi...

Qo'shiq juda ham zamonaviy tarzda jarang sochadi. "Yoshlik" taronasi "Yoshlar yili" munosabati bilan tayyorlandi. Tez kunda esa, TV kanallari orqali aynan shu tarona uchun ishlangan maxsus klipni ham tomosha qilishingiz mumkin.
 
                     Xabarlar  WwW.ShouBiznes.Uz  Saytidan olingan !
Просмотров: 1203 | Добавил: momuqvoy | Дата: 19.09.2008 | Комментарии (0)

Форма входа

Календарь новостей
«  Сентябрь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930

Поиск

Друзья сайта

Остаться в живых - LOST. Лучший сайт сериала.

Яндекс цитирования

Darbadar - the uzbek rap group

Rap Clan

Bunker

Рейтинг сайтов - Все для мобильного телефона

WoWeb.ru - портал для веб-мастера

O'zbekona Universal Portal


Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Copyright MyCorp © 2024