20 sentyabr soat 17:00da "Zamin FM" radiosida Sardor Rahimxonning yangi "Faryod" deb nomlangan qo'shig'ining taqdimoti bo'lib o'tadi. Bu tarona ko'pchilikning og'zida shov-shuv bo'lib kelayotgan "Shabnam" filmiga saudtrekdir...
"Faryod" taronasi uchun Sardorning o'zi musiqa yozdi. So'zlari esa, Ra'no Yarasheva tegishli. Jasur Badalboev esa, musiqiy sayqal berdi. Qolaversa, xuddi shu kuni sevimli san'atkoringizga bir soat davomida to'g'ridan-to'g'ri efirda savol yo'llab javob olishingiz mumkin.