Estradamiz yulduzi Shohruhxon va "Bo'rilar" filmi qahramonlari ajoyib shou-konsert dasturi tayyorladi. "Istiqlol" san'at saroyida bo'lib o'tadigan konsert dasturi barchada katta qiziqish uyg'otmoqda.
24-25 oktyabr kunlari Shohruhxon o'z muxlislarini mana shu konsert dasturiga taklif etib qoladi. "Tarona Records" kompaniyasi tomonidan uyushtiriladigan har bir konsert juda ham yuqori darajada tayyorlanishi hech kimga sir emas. Demak, bu safargi konsert dasturidan ham noan'anaviy shou-dasturni kutib qolamiz!
|